Qiz qal’asi
ozarb. QızQalası
Fotoda saroyning fasadi va ichki koʻrsatilgan.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Me'moriy Qo'riqxonasi
Meʼmor Маsud ibn Davud
Qurilish vaqti XII asr
Uslubi Shirvan – Apsheron maktabi
Holati muzey
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah's Palace and Maiden Tower
Turi Madaniy
Mezonlari vi
Tayinlangan 2000
Manba nomeri 958
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa va Shimoliy Amerika
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 22
Turi uy
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
qal’aning plani

Qiz qal’asi (ozarb. QızQalası — Гызгаласы) — Icheri – sheher “Eski shahar” qirg’oq qismlarida joylashgan qadimiy qal’a. Boku dengizoldi “fasadining” eng muhim komponentlaridan biridir. Feodal shahar – Qal’a yoki Icheri-sheher yon qismida qad ko’targan. Minora tekislangan tosh bilan qoplangan hamda tag qismidan deyarli eng cho’qqisigacha ko’tarilgan, yirik yarim aylana ustunli qal’a devorlari bilan himoyalangan qoyada joylashgan.

Tarix edit

Qiz qal’asining qurilgan sanasi noma’lumdir. Qal’aning tepa qismida kirishning o’ng qismida ikki qator kufi yozuvlli toshli plita o’rnatilgan. Unda shunday yozilgan: “Masud ibn-Davud gubbasi (gumbaz, qubba)”. Uzoq vaqt davomida bu yozuvdan kelib chiqib, minorani XII asrga taluqli deb hisoblashgan. Lekin bu plita minorada kechroq paydo bo’lgan, sababi u tasodifan va to’g’ri o’rnatilgan, asosiy kirish joyidan emas, yon tomonida, yerdan 14 metr balandlikda. Bu tamirlash paytida minora oynasini yopish uchun foydalanilgan qabr tosh yoki qurilmani tamirlagan usta ismi unda yozib qoldirilgan bo’lishi mumkin. Ko’zdan kechirganda bu joyda to’rtburchak joy yoki oyna bo’lgani aniqlandi. Plita o’rnatilganidan so’ng, oynaning tepa qismiga bir tosh o’rnatilgan va ochiq joylari esa qurilishda foydalanilgan qorishma bilan yopilgan. Plita joyida oyna bo’lgani, uning joylashggan joyi minoraning asosiy oynasi bilan deyarli bir sathida faqat qarama – qarshi tomonda joylashgani bilan tasdiqlanadi.

Minora ikki bosqichda qurilgan. Birinchisi tahminan islomdan avalgi eraga, yozuv esa keying, aniqrog’i XII asrga tegishli.

XVIII—XIX asrlarda Qiz minorasi mayoq sifatida foydalanilgan. Mayoq 1858 yilning 13 iyunida yona boshlagan, undan avval esa, unda qal’a bayrog’i bo’lgan. Keyinchalik shahar binolari balandligining oshishi bilan mayoq chiroqlari ham shaharning tunggi chiroqlari bilan aralashib ketdi va 1907 yilda mayoq Nargin oroliga ko’chirildi.

Qizlar minorasi bir necha bor restavratsiya qilingan. Rus harbiy boshqarmasi tomonidan XIX asrda o’tkazilgan ta’mirlash vaqtida minora cho’qqisidan mudofa uchun xizmat qilgan mashikulalar (tishlar) yo’q bo’lib qo’lgan. 1964 yilda Qizlar minorasi muzey bo’ldi, 2000 yilda esa YUNESKO ning Umumjahon meros obyekti ro’yxatiga kiritilgan. So’nggi marotaba minora 2012-2013 yillarda qayta ta’mirlangan.

Tuzilishi edit

XII asrda Qiz minorasi Bokuning mudofa tizimiga kirgan va Boku qal’asining muhim bo’gini bo’lib Shirvonshohlarning eng qudratli qal’alaridan biridir. Lekin Qiz qal’asining so’nggi tadqiqotlari uning mudofa uchun mo’ljallanganligi haqidagi tahminlarni bekor qildi. Shakli, ichki tuzilishi hamda joylashishi bo’yicha u hech qanday mudofa vazifalariga javob bermasdi, bu vazifa uchun yaroqsiz edi. Bunga yaqqol misol oynalarning joylashuvi bo’la oladi: ular butun minora bo’ylab atigi bir nechtadir, va qavatlarda emas, balki ko’tarilayotgan zinalar bo’ylab joylashgan va pastga emas tepaga qaratilgan. Bundan tashqari tom maydoni juda kichkina va u yerda biron bir qurollar saqlashga imkon yo’q. Uchinchidan, birinchi va boshqa qavatlar o’rtasida doimiy aloqa yo’q. Ya’ni birinchi qavatdan yuqoriga doimiy zinapoyalar emas, olinadaigan narvon olib borar edi, himoyachilar o’zlarini yuqori qavatlarda amalda qamab qo’yishlari mumkin edi. Bu Qizlar minorasining diniy maqsadlarda qurilgan degan fikrni tasdiqlaydi. U Sosoniylar davrida yoki undan avval ham qurilgan (agar quyida ko’rsatilgan avliyo Varfolomeyning qatli haqidagi rivoyat to’g’ri bo’lsa) zoroastr “sukut minorasi” ham bo’lishi mumkin.

Yassi toshli gumbazlar bilan minoraning ichki maydoni 8 qavatga bo’lingan, ular vintli zina bilan ulangan va bo’rtib chiqqan joyining janubrog’ida joylashgan tirqishsimon oynalar bilan yoritilgan. Soni 200 kishiga yetishi mumkin bo’lgan Minorada yashovchilarni suv bilan chuqur quduq ta’minlagan. O’zining o’lchamlari bilan (balandligi 28 m, diametri – 16-16,5 m)[1] va devor qalinligi (asosida 5 m va yuqorida 4 m) Qizlar qal’asi Apsheron qasridan ham o’tib tushadi. Kontrfor, yashirin joyi, “shpora” bilan tosh o’qi to’sgichlarning dunyoda boshqa analogi yo’qdir. Himoya vositalari me’morchilik hususiyati hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yuqoridagi maydonda joylashgan.

Bo’rtib chiqqan va ichkariga o’yilgan ketma ketlikda taxlanib qurilgan korpusning qovurg’ali yuzasi ham o’ziga hosdir. Qiz qal’asini XX asr va oldinroq davrlarda tavsiflanishida qavatlar haqida so’z ochilmagan.

Kirish tomonidagi minoraning fasadida kufi yozuvida yozilgan tosh qo’yilgan. Unda shunday deyiladi: “Davud o’g’li Masud minorasi”[2].

Afsonalar edit

 
Syujeti afsonaga asoslangan Qiz qal’asi baletidan sahna ko’rinishi

Qiz qal’asini paydo bo’lishi haqida ko’pgina afsonalar mavjud. Ularning aksariyati “Qiz” so’zining ma’nosi bilan bog’liq. Afsonalarning biriga ko’ra shoh o’z qizini suymagan insonga turmushga bermoqchi bo’ladi. O’zini bunday taqdirdan xalos qilish va otasini bunday fikrdan qaytarish uchun, qiz shohdan qal’a qurib berishni so’raydi. Qal’ani qurish yakunlanganida shoh o’z fikridan qaytmaydi va shunda qiz qal’aga chiqib o’zini dengizga otadi. Qiz yeqilib toshga urilgan toshni “Qizlar toshi” deb nomlashgan va qizlar kelin bo’lganida shu toshga gul olib kelib qo’yishgan. Bu afsonaning boshqa varianti ham mavjud: qiz o’zini dengizga otganidan so’ng, uning qallig’i qiz uchun qasdini olib shohni o’ldiradi, lekin keyinchalik bilishicha qizni suv parilari qutqarib qolishgan ekan. Bir oz vaqtdan so’ng sevishganlar bir birini topishadi va turmushga chiqishadi. Afsonaga ko’ra Qiz qal’asi Kaspiy dengizi qirg’oqlarida joylashgan.

Rivoyatga ko’ra Qiz qal’asi yaqinida Iso payg’ambarning o’n ikki apostollaridan biri avliyo Varfolomey qatl qilingan. Boku hududida Varfolomey I asrlarda butparast qabilalarga xristianlikni targ’ib qilib kelib qolgan. Varfolomey targ’ibotlari rad etilib, uni Qizlar qal’asi devorlari oldida qatl qilingan. Qizlar qal’asi yonida qazilmalar olib borilganida, apostol o’lgan joyida qurilgan bazilika simon qadimiy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Lekin manbalarga ko’ra Varfolomey o’lgan Albanopol shahrining aniq joylashuvi haqida turli talqinlar mavjud [3].

Qiz qal’asi madaniyatda edit

1923 yilda mashhur Ozarbayjon dramaturgi Djafar Djabarli “Qiz qal’asi” nomli poema yozgan. Keyingi yil afsona syujeti asosida Ozarbayjonda suratga olingan sovet filmi ekranga chiqdi. 1940 yil Аfrasiyab Badalbeyli tomonidan yaratilgan ilk ozarbayjon baleti ham Qiz qal’asiga bag’ishlangan. Boku shahar ramziga Rasul Rza atab she’r yozgan:

Qiz qal’asi

Asrlar qoni to’kilgan senga
Yillarning yutug’i va kulfati senda
O’sha davrlarning izidur senda
Qadimgi Qiz qal’asisan.
Ko’nglimning mag’rurligi,
Sen ularni takrorlagin,
Sokinda seni ko’rib,
Hayratdaman Qiz qal’asi.
Samoda suzgan bulut
Fikrim kabi shoshilmas
Senmasmu vatan sadosi
Qiz qal’asi?
Shivirlab ayt shivirlab ayt
Eshitaylik seni sokinda.
Suvlarda tunni chaqirding
Asrlar osha sukut saqlading
Qorong’ilikdan bir so’z aytgin
Qiz qal’asi!
Vaqt keldi shivirlab aytgin -
Sukunatda tinglar sayyora

Qiz qal’asini mashhur rassomlarning rasmlarida ham uchratish mumkin.

2010 yldan Qiz qal’asini ommalashtirish maqsadida “Qiz qal’asi” xalqaro san’at festivali o’tkazilgan, uning doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan rassomlar minora maketlarini bezatishadi.

Qiz qal’asi pochta markalarida edit

SSSR va Ozarbayjon markalari Qiz qal’asiga atalgan.

Shuningdek qarang edit

Havolalar edit

  • Djivandji Djamshidji Modi “Bombey tashqarisidagi sayohatlarim”
  • Bretanitskiy L. S., Veymarn B. V. Iskusstvo Azerbaydzhana IV — XVIII vekov / Redaktor I. A. Shkirich. — M.: Iskusstvo, 1976. — 272 s.
  • Dadashev S., Useynov A. Arkhitekturnyye pamyatniki Baku / Redaktor V. A. Vesnin. — M.: Izdatel'stvo Akademii arkhitektury SSSR, 1946. — 111 s.

Manbalar edit

  1. ^ Dadashev, Useynov, 1946, b. 36.
  2. ^ Dadashev, Useynov, 1946, b. 37.
  3. ^ Аpostol Varfolomey // Pravoslav ensiklopediya. — М. : “Pravoslav ensiklopediya” cherkov – ilmiy markaz , 2003. — Т. VI. — B. 706-711. — 752 b. — 39 000 eks. — ISBN 5-89572-010-2.

Turkum:Ozarbayjon_sanʼati Turkum:Ozarbayjon:_Tarix Turkum:Ozarbayjon:Geografiya